Yan Paul van Xekke: "Tottenxem cho'qqiga qaytishi kerak"
Тоттенхэм • Spurs ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 11

Yan Paul van Xekke: "Tottenxem cho'qqiga qaytishi kerak"

Yan Paul van Xekke "Brayton"da Roberto De Dzerbi bilan ishlagan ilk davrlari haqida gapirib berdi:

Boshida biz tortishib qolardik, chunki uning o'ziga xos o'yin uslubi bor edi va men bunga moslashishim kerak edi.
Ba'zida turli masalalar bo'yicha bahslashardik, lekin menimcha, futbolda bu tabiiy hol. Chunki yakunda murabbiy ham, futbolchi ham eng yaxshisini istaydi va bir-biringizni o'sishga undaysiz.
Biz hali ham ba'zida bu haqda gaplashamiz. U bu borada hazillashadi: "Dastlabki oylardagi bahslarimiz esingdami?" Keyin esa bularning bari nimaga olib kelganini ko'rasan.

Yan Paul van Xekke "Tottenxem"ga o'tganidan so'ng klub unga yana kuchli futbolchilar bilan shartnoma imzolanishini aytganini ma'lum qildi:

Klubda menga aynan shuni aytishdi: "Sen ulardan birisan". Albatta, birinchilardan bo'lish yoqimli.
Ular yana ko'plab transferlar bo'lishini, yaxshi o'yinchilar kelishini aytishgandi. Boshqa futbolchilar ham kelayotganini ko'rish juda ajoyib.

Yan Paul van Xekke:

Tottenxem cho'qqiga qaytishi kerak va biz aynan shunga erishishga harakat qilyapmiz.
Men o'tishimdan oldin Mikki menga bu ajoyib klub ekanligini aytgandi. Bu yerga kelganimda, birinchi kundanoq bu haqiqatan ham juda katta klub ekanligini tushunib yetdim.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!