O‘tgan mavsumda Yevropaning kuchli yettilik ligalaridagi birorta vinger Yankuba Mintehchalik jarima maydonchasiga ko‘p uzatma amalga oshirmadi. Aniq uzatmalar soni bo‘yicha ham u vingerlar orasida birinchi o‘rinda.
Uzatmalar xavflilik darajasi (xThreat metrika) bo‘yicha u Yevropaning top-5 ligalarida 98-persentil ko‘rsatkichiga ega, ya’ni u uzatmalar va paslar sifati bo‘yicha Yevropadagi eng yaxshi 2 foiz o‘yinchilar qatoriga kiradi.
Bunday transferning mantiqi oddiy va amaliy — Yevropaning eng yaxshi driblingchilardan birini sotib olish. U deyarli barchadan yaxshiroq uzatma beradi va bu orqali Isak hamda Ekitike, shuningdek, uzoq ustunda Barkolya (agar qolsa, Gakpo) va ikkinchi tempda Virtsni to‘p bilan ta’minlashi kerak. Qolaversa, o‘zi ham qanotdan markazga o‘tib zarba bera oladi, o‘ng qanotda o‘ynaydigan chapoyoq futbolchi uchun bu qulay.
Bu ish beradimi yoki yo‘q — hech kim aniq ayta olmaydi. O‘ylaymanki, o‘z vaqtida Dauningni Kerroll uchun ham shunday mantiq bilan sotib olishgandi, lekin o‘sha paytda bunday ilg‘or statistikalar yo‘q edi, hamma shunchaki his-tuyg‘ularga tayanardi. Qanday bo‘lmasin, takrorlayman, mantiq aniq, klubni bu borada ayblab bo‘lmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!