🚗 Zion Suzuki transferi bo'yicha kelishuvga erishildi. Fabrisio Romano va Xokinsning ma'lumotlariga ko'ra, "Parma" futbolchi uchun bonuslar bilan birga taxminan 35 million yevro to'laydi. Italiyaning "Corriere dello Sport" nashri esa bonuslar bundan tashqari ekanligini ta'kidlamoqda.
Italiya matbuoti futbolchi 48 soat ichida "Yuventus"ga ijaraga berilishini yozmoqda. Biroq, Xokins va Romano bu borada biroz ehtiyotkorroq: Xokins boshqa variantlar ham borligini, xususan, "Parma" varianti hamon dolzarbligini qayd etgan. Shuningdek, har ikki jurnalist "Yuventus" hali yakuniy qarorga kelmaganini bildirishmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!