Zlatan Ibragimovich Netflix uchun bergan intervyusida Joze Mourinyo bilan ishlagan davrlari haqida gapirib o'tdi:
«Inter»da Joze oldindan aytib bo'lmas darajada edi, har kuni nimadir sodir bo'lardi. U mening o'yin uslubimni o'zgartirdi, maydonda o'zimni yengilmas his qilardim, u meni istalgan raqibni yo'q qilishga qodir qotilga aylantirdi. O'sha yili men eng yaxshi to'purar bo'ldim, gollar urdim, ularning ba'zilarini takrorlab bo'lmasdi. Bu mening egom emas, bu faktlar. Men va Joze g'alaba qozonishni xohlardik va men bunga tayyor edim.
U mening kallamga har bir o'yinda eng yaxshisi ekanligimni isbotlash kerakligini quyib qo'ydi. «Atalanta» bilan 2:2 hisobida durang o'ynayotgan edik, ertasi kuni esa A Seriyaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini olishim kerak edi. Ammo tanaffusda u menga shunday dedi: «Uni olayotganingda, o'zingdan uyalasan». Men dovdirab qoldim. «Sen onangga buni loyiq emasligingni, o'yiningga qarab bunga haqli emasligingni aytishing kerak». Ikkinchi bo'limda men aqlbovar qilmas ruh bilan maydonga qaytdim, o'yladim: «Endi bu ahmoqning fikrini o'zgartiraman». U mening o'yinga bo'lgan psixologik yondashuvimni o'zgartirdi, u bu borada eng zo'ri. Va buning uchun men uni hurmat qilaman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!