Leon Beyli Sevilya nishonida
Sacha Tavolieri xabariga ko'ra, «Sevilya» «Aston Villa» yarim himoyachisi Leon Beyli transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
👀 Sacha Tavolieri tasdiqlashicha, «Sevilya» «Aston Villa» bilan Leon Beylini qo'lga kiritish bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Unga ko'ra, futbolchi klub bilan shartnomasini yana 1 yilga uzaytirib, «Sevilya»ga sotib olish huquqi bilan ijaraga o'tishi ko'rib chiqilmoqda.
«Al-Diriya» hamon o'yinchi uchun da'vogarlik qilmoqda.