PSV jamoasida jarohatlar bilan bog'liq muammolar ko'paymoqda. Paul Vanner, Rikardo Pepi va boshqa bir qator futbolchilar safdan chiqdi.
PSV jamoasida jarohatlar bilan bog'liq muammolar ko'paymoqda. Paul Vanner o'tgan dam olish kunlari Avstriya va Kosovo o'rtasidagi o'yinda tovonidan jarohat oldi. Tibbiy ko'rik hali ham davom etmoqda.
Vanner jarohat olganlar ro'yxatiga qo'shildi. Rikardo Pepi terma jamoalar tanaffusidan biroz oldin jarohat olgan bo'lsa, Lyutsarel Gertreyda Niderlandiya terma jamoasi yig'inini yengil jarohat tufayli tark etishga majbur bo'ldi. Shuningdek, lazaretda Sami Uaissa, Sem Lammers, Alassan Plea, Yordi Sxauten, Kilian Sildilya va Adamo Nagalo ham bor.
Yordi Sxauten (tizzasidagi xochsimon bog'lamlar jarohati) va Adamo Nagalo katta ehtimol bilan joriy mavsumda boshqa maydonga tushishmaydi, Kilian Sildilya esa operatsiyadan so'ng qishki tanaffusgacha safdan chiqdi. Shu sababli bosh murabbiy Piter Bos ixtiyoridagi tarkib tobora cheklanib bormoqda.
Paul Vanner jarohati sabab Avstriya terma jamoasi lagerini tark etdi va PSV shifokorlari ko'rigidan o'tish uchun Niderlandiyaga qaytmoqda.
Paul Vanner oyog'idagi jarohat sabab Avstriya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi. Jarohat yakshanba kuni Kosovo terma jamoasiga qarshi o'yinda olingan.
Paul Niderlandiyaga qaytadi va u yerda PSV shifokorlari nazoratida chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tadi.
«Bavariya» himoyachisi Kim Min Je Janubiy Koreya terma jamoasining Ekvador, Urugvay, Venesuela va O'zbekistonga qarshi o'yinlari uchun tarkibga kiritildi.
Kim Min Je Janubiy Koreya terma jamoasiga yaqinlashib kelayotgan o'yinlar uchun chaqirildi.
«Bavariya» himoyachisi Ekvador, Urugvay, Venesuela va O'zbekistonga qarshi o'yinlar uchun jamoa qaydnomasiga kiritildi.