Manchester United Maykl Karrikni bosh murabbiy sifatida olib qolishi mumkin
Manchester United Maykl Karrikni bosh murabbiy sifatida olib qolish variantini ko'rib chiqmoqda. DailyMirror xabariga ko'ra, klub chorshanba kuni qaror qabul qiladi.
🚨 Manchester United Maykl Karrikni bosh murabbiy sifatida olib qolishi va uni qo'llab-quvvatlash uchun qo'shimcha yordamchilarni jalb qilishi mumkin!
DailyMirror xabariga ko'ra, «Midlsbro»da Karrik bilan birga ishlagan «Bavariya» vakili Aaron Denks nomzodi variantlardan biri sifatida ko'rilmoqda.
Klub chorshanba kuni Monakoda Karrikning kelajagini muhokama qiladi.