So'g'diyona 2:0 Jayxun: Jizzaxliklar O'zbekiston kubogi chorak finalida
O'zbekiston kubogi 1/8 finalida «So'g'diyona» «Jayxun»ni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Uchrashuvdan so'ng Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida qatnashdi.
O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichi doirasida «So'g'diyona» va «Jayxun» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O'yin jizzaxliklarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi gollarga Filip Ivanovich (33-daqiqada) va Abdulaziz Abdurashidov (89-daqiqada) mualliflik qilishdi.
Uchrashuvdan so'ng «So'g'diyona» bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.