Erling Xoland Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi
Erling Xoland Ginnes rekordlar kitobidan bir nechta sertifikatlarni qabul qilib oldi. U Premer-liga va Chempionlar ligasidagi rekordlari uchun taqdirlandi.
Erling Xoland Ginnes rekordlar kitobidan uzoq kutilgan sertifikatlarni qabul qilib oldi. Ular orasida quyidagi yutuqlar bor:
🔹 UEFA Millatlar ligasida urilgan eng ko'p gollar — 19 ta;
🔹 Premer-ligada 100 ta gol marrasiga yetib borish uchun sarflangan eng kam o'yinlar — 111 ta;
🔹 Premer-liganing bir mavsumida urilgan eng ko'p gollar — 36 ta;
🔹 UEFA Chempionlar ligasining bir o'yinida urilgan eng ko'p gollar — 5 ta (bu rekordni Erling Messi va Adriano bilan bo'lishadi).