Nasaf OCHL 2 mavsumi uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazmoqda
Nasaf futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi 2 2026/27 mavsumi uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazishni boshladi.
Nasaf OCHL 2 2026/27 mavsumi uchun OAV vakillarini akkreditatsiyadan o'tkazishni boshladi
Xabaringiz bor, sevimli jamoamiz — Nasaf Osiyo Chempionlar Ligasi 2 2026/27 mavsumining A guruhida BAAning Al Vahda, Bahraynning Al-Haldiya va Quvaytning Quvayt SK jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Jamoamizning joriy mavsumdagi uy uchrashuvlariga oid rasmiy matbuot tadbirlarida ishtirok etish istagidagi OAV vakillaridan akkreditatsiya uchun arizalar 16-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Akkreditatsiya uchun quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim etilishi lozim:
OAV tashkilotidan rasmiy xat;
3x4 hajmdagi fotosurat;
Pasport nusxasi.
Barcha hujjatlar medianasaf@gmail.com elektron manziliga yuborilishi kerak.