Alberto Ruiz Yevropa klublari e'tiboriga tushdi
AS xabariga ko'ra, 15 yoshli iqtidorli hujumchi Alberto Ruis Yevropaning top-klublari nishoniga aylandi.
📰 AS xabariga ko'ra, "Kadete A" jamoasining 15 yoshli hujumchisi Alberto Ruis o'zi ishtirok etgan U-15 Jahon chempionatidagi o'yini bilan barcha klublarning e'tiborini tortdi.
Ispaniya yoshlar terma jamoasi o'yinlarini kuzatgan barcha skautlar bir xil savolni berishdi: "10-raqam ostida o'ynayotgan bu futbolchi kim?". "Manchester Yunayted", shuningdek, bir qator boshqa top-klublar Ruisga juda qiziqish bildirmoqda.