Bernardu Silva «Real» uchun ideal transfer bo'lishi mumkin
«Real»ning sobiq himoyachisi Alkorta va jurnalist B. Fernandes Bernardu Silvaning «Madrid»dagi o'rni haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Alkorta («Real» sobiq himoyachisi):
Bernardu — «Madrid» uchun top-transfer. U jamoaning boshqa o'yinchilarida yo'q bo'lgan so'nggi pasni amalga oshirish qobiliyatiga ega. Shunga qaramay, agar biz Bernardu nafaqat o'yinni qurish, balki himoyalanish uchun ham javobgar bo'lishini istasak, unga «Madrid»ning boshqa yarim himoyachilaridan yordam kerak bo'ladi.
📰 B. Fernandes (jurnalist):
Men buni avval ham aytganman va aytishda davom etaman: Bernardu hozirgi «Madrid»ning asosiy tarkib futbolchisi bo'lishi kerak.