ABC jurnalisti R. Kanisaresning xabar berishicha, "Real" rahbariyatining bir qismi Vinisius Junior bilan shartnomani 2032-yilga qadar uzaytirishga ikkilanmoqda.
📰 R. Kanisares (ABC jurnalisti): "Madrid" rahbariyatining bir qismi Vinisius bilan shartnomani 2032-yilga qadar uzaytirish eng yaxshi qaror emas deb hisoblamoqda"
Kilian Mbappening ko'p dam olishi va tizzasidagi jarohatni davolash jarayoni "Real" futbolchilari hamda mutaxassislar o'rtasida savollar tug'dirmoqda.
📰 R. Kanisares (jurnalist ABC): "Ayrim "Madrid" futbolchilari Mbappe nega bunchalik ko'p dam olish kunlarini olayotganiga hayron qolishmoqda"
Alkorta (sobiq "Madrid" himoyachisi): "Mbappening tizzasidagi muammo nima ekanligini bilmayman. O'tgan safar u qiz o'rtog'i bilan bir necha kunga Madriddan ketganida, unga nisbatan juda ko'p tanqidlar yog'ilgandi...
Bunday holatlardan keyin tegishli xulosalar chiqarish kerak. Tizzangiz bilan bog'liq muammolar yuzaga kelganda, klubga qaytishingiz va uning tibbiy shtabiga ishonishingiz kerak. Mbappe o'tgan safar Parijda tiklanayotganida qanday tanqidlarga uchraganini va o'shanda nimalar bo'lganini eslab ko'rishi kerak"