Alvaro Karreras: «Real» libosini kiyish — har bir bolaning orzusi»
Alvaro Karreras «Real»ga qaytgani va klub libosini kiyish uning uchun katta sharaf ekanligi haqida gapirdi.
Alvaro Karreras «Real»ga qaytishi haqida fikr bildirdi:
Uzoq va mashaqqatli mehnatdan so'ng men yana o'z uyimga qaytdim va bundan nihoyatda faxrlanaman.
«Real» libosini kiyish — har bir bolaning orzusi. Men professional faoliyatim haqida ilk bor o'ylagan paytimdan boshlab shu narsaga intilganman.
Men uchun har kuni shu yerda bo'lish — katta sharaf. Umid qilamanki, bu hali ko'p yillar davom etadi.