Artur Diash «Tottenxem» nishonida
«Atletiko Paranaense» himoyachisi Artur Diash «Tottenxem»ning qiziqishiga sabab bo'ldi, biroq braziliyaliklar 21 million yevrolik taklifni rad etishdi.
Kae Mota xabariga ko'ra, «Atletiko Paranaense» himoyachisi Artur Diash transfer oynasi vaqtida «Tottenxem»ning maqsadlaridan biri bo'lgan.
Braziliya klubi «shporlar»ning 19 yoshli futbolchi huquqlarining 80 foizi uchun qilgan 21 million yevrolik taklifini rad etgan. Shu bilan birga, «Atletiko Paranaense» futbolchi uchun 30 million yevro ishlab olishni ko'zlamoqda.
Artur Diash allaqachon Karlo Anchelotti e'tiborini tortgan va Braziliya terma jamoasiga chaqiruv olishi mumkin.