Bastian Shvaynshtayger "Bavariya"ning hozirgi holati va Yurgen Klopp haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
💭 Bastian Shvaynshtayger:
🗣️ "Biz endi top-jamoa emasmiz. Hozir biz shunchaki o'rtamiyona jamoamiz. Bizda o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilar qolmagan. Hatto Gretsiyada Karetsas, Tsolis va Pavlidis bor — men uchun bular o'yinda farq yarata oladigan futbolchilar.
Umid qilamanki, Yurgen Klopp Klopp futbolini o'ynaydigan jamoa qura oladi".
Bastian Shvaynshtayger «Manchester Yunayted»da Joze Mourinyo bilan bo'lgan noxush vaziyat va klubdagi qiyin davri haqida so'zlab berdi.
🗣 Bastian Shvaynshtayger Joze Mourinyoning «Manchester Yunayted»dagi davri haqida:
«Yevro-2016dan so'ng jamoaga qaytdim, ammo ertasi kuniyoq menga asosiy jamoa kiyinish xonasidan foydalanishni taqiqlashdi va U16 bilan shug'ullanishga yuborishdi. Bu men uchun katta zarba bo'ldi.
Mourinyo mening Germaniyaga qaytishni istayotganimga ishongani haqida gapirdi, vaholanki, men shunchaki klub bilan kelishilgan tiklanish dasturiga amal qilayotgan edim.
Taxminan uch oy alohida shug'ullandim, ammo baribir yana bir imkoniyat olishdan umidvor edim. Keyinchalik klub ketishimni istayotgani ma'lum bo'ldi. MLSga o'tishimdan oldin Mourinyo hammasi qanday boshlangani uchun uzr so'radi».