Ayollar Osiyo Chempionlar ligasi: Guruh bosqichi oldidan rasmiy yig'ilish o'tkazildi
Qarshi shahrida ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi oldidan rasmiy tashkiliy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi o'yinlariga tayyorgarlik doirasida Qarshi shahrida rasmiy tashkiliy yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekistonning «Nasaf», Avstraliyaning «Melbourne City», Xitoyning «Pekin Beykon» hamda Filippinning «Kaya FC» klublari vakillari, shuningdek, musobaqa tashkilotchilari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida guruh bosqichi uchrashuvlarini o'tkazish tartibi, musobaqa reglamenti, jamoalarning o'yinlarga tayyorgarligi hamda tashkiliy va texnik masalalar muhokama qilindi.