Tiago Skuro Lamin Kamara va Balogun transferlari borasida izoh berdi
Tiago Skuro Lamin Kamara va Balogun transferlari atrofidagi vaziyat hamda «Everton» bilan kelishuv nima uchun barbod bo'lganiga izoh berdi.
🎙 Tiago Skuro Lamin Kamara va Balogun transferlari borasida izoh berdi:
🔴 Lamin Kamara va «Chelsi» vaziyati haqida
Bu yozda bizga ko'plab klublar murojaat qilishdi, ammo ustuvor vazifamiz har doim Laminni saqlab qolish bo'lgan.
Hatto kecha ertalab, mashg'ulotdan so'ng, biz Lamin bilan gaplashdik va u klubda qolish istagini bildirdi.
Taxminan soat 19:00 da «Chelsi» OAV orqali Balogun tibbiy ko'rikdan o'ta olmasligi mumkinligini eshitib, shunday qarorga keldi: «Monako»ga pul kerak, kelinglar, urinib ko'ramiz! (Bu haqda ingliz manbalari ham xabar berishgandi).
O'sha paytda soat 20:00 atrofida edi va biz muzokaralar uchun eshikni ochishga majbur bo'ldik. Men shaxsan Lamin va uning agentiga vaziyatni tushuntirish uchun qo'ng'iroq qildim.
Ammo taxminan soat 22:00 da «Everton» o'z fikrini o'zgartirdi va Balogun bilan hammasi joyidaligini, klub u bilan shartnoma imzolashga tayyorligini aytdi. Ushbu ma'lumotni olishimiz bilan darhol «Chelsi» bilan bog'landik va shunday dedik: «Bizda Balogun bo'yicha kelishuv bor, shuning uchun Lamin bo'yicha bitim bo'lmaydi».
Bu ham o'yinning bir qismi va men bunday yo'l tutishda yomon narsa ko'rmayapman.
Transfer oynasining so'nggi kunida, hamma yechim izlayotgan va vaqt daqiqalar bilan o'tayotgan pallada biz shunday muzokaralarda qatnashganimiz uchun bizni bu hikoyaning yovuz qahramonlari deb hisoblashga hech qanday asos yo'q.
«Monako» hurmatsizlik qilmoqda, «Monako» ishlarni noto'g'ri olib bormoqda, futbol industriyasidagi hamma to'g'ri ishlaydi, faqat «Monako» emas... Bu endi ortiqcha.
🔴 Balogun «Everton»ga o'tishi nima uchun barbod bo'lgani haqida
O'sha paytda Angliyada transfer oynasi yopilishiga Balogun bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun besh daqiqa qolgandi.
Men shartnomani imzoladim, «Everton» imzoladi, keyin esa so'nggi pallada futbolchining o'zi imzo chekmaslikka qaror qildi.
Sababi, Balogun klub unga qanday munosabatda bo'lganidan, shuningdek, «Everton» tibbiyot bo'limi uning kelajagi va jismoniy holati borasida shubha bildirganidan o'zini noqulay his qildi.
Liverpulda uning kelajagi shubha ostiga olindi. Shuning uchun hammasi aynan shunday yakunlandi.
Transfer oynasi biz uchun mana shunday yakunlandi.
Umuman olganda, u haq bo'lib chiqqan ingliz manbalari aytgan gaplarni takrorladi.