Luka Marianuchchi jarohat oldi
Napoli himoyachisi Luka Marianuchchi Selta bilan o'yinda jiddiy jarohat oldi. Futbolchi 3 oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
🚨 "Napoli" Luka Marianuchchining holati bo'yicha rasmiy bayonot berdi:
"Selta"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan Luka Marianuchchi "Pineta Grande" klinikasida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Diagnostika chap tizza medial kollateral bog'lamining jiddiy shikastlanganini aniqladi."
📻 Radio Marte efiriga taklif etilgan tibbiy ekspert Korrado Antonioni buni tushunarliroq tilda izohladi: Marianuchchining safga qaytishi uchun 3 oygacha vaqt kerak bo'lishi mumkin.