Andijon 1:0 Xorazm: Damir Temirov g'alaba haqida
Andijon yarim himoyachisi Damir Temirov Xorazm ustidan qozonilgan g'alaba va o'yin borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Andijon jamoamiz Superliga 19-tur doirasida Bobur arenada Xorazmga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda 1:0 hisobida g'alaba qozonib, uch ochkoni qo'lga kiritganidan xabaringiz bor.
Uchrashuvni to'liq o'tkazgan va g'alabaga o'z hissasini qo'shgan yarim himoyachi Damir Temirov bellashuv borasida klub matbuot xizmatiga o'z fikrlarini quyidagicha bildirdi:
Juda zo'r va tomoshabop o'yin bo'ldi. Haqli g'alabaga erishdik, deb o'ylayman. Hisob 0:0 bo'lib turganda ham asabiylashganimiz yo'q, chunki o'yinni 90 daqiqa nazorat qildik.
Gol urgandan keyin emosiyaga berilib, o'yin nazoratini va konsentrasiyani yo'qotmaslikni o'yladik. Xudoga shukurki, g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qila oldik, - dedi Temirov, klub matbuot xizmatiga.