Lukas Perri "Torino"ga o'tishni kechiktirib turibdi
Lukas Perri "Marsel"dan tushgan taklif sabab "Torino"ga o'tishini kechiktirmoqda. Shuningdek, Di Gregorio transferi atrofidagi mish-mishlar davom etmoqda.
La Stampa xabariga ko'ra, bugun ertalab Lukas Perri "Torino"da tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak edi, ammo u "Marsel"dan taklif olgach, qaror qabul qilishni biroz kechiktirishga qaror qildi. Bu taklif darvozabon va uning atrofidagilarni ikkilanishga majbur qildi. Shunga qaramay, "Torino" vaziyatga xotirjam yondashmoqda va darvozabon bugun yoki ertaga jamoaga qo'shilishiga umid qilmoqda.
Di Gregorio ham har ikki klub nishonida turibdi; "Yuventus" uni majburiy sotib olish shartisiz ijaraga berishga ham rozi bo'lishi mumkin.
Di Gregorio masalasida, aytgancha, hatto Italiyada ham yagona fikr yo'q. Ayrimlar uni ko'rib chiqayotganimizni yozsa, boshqalar aksini ta'kidlamoqda. 😀