Ehizibue «Jenoa» futbolchisiga aylandi
Niderlandiyalik erkin agent Ehizibue «Jenoa» safiga qo'shildi. Futbolchi 2019-yilda ham ushbu klubga o'tishi mumkin edi.
Ehizibue «Jenoa» bilan shartnoma imzoladi.
Niderlandiyalik erkin agent kecha liguriya klubi tomonidan rasman tanishtirildi va u Norton-Kaffi «Xall Siti»ga o'tib ketganidan keyin qanotni kuchaytirishi kerak.
Qizig'i shundaki, Ehizibue hali 2019-yilda «Jenoa» futbolchisiga aylanishi mumkin edi. Biroq shartnoma imzolanishidan bir kun oldin futbolchi unga ilohiy vahiy kelgani va Xudo uni «Grifone»ga o'tishdan qaytarganini aytgan. Yakunda u Germaniyaning «Kyoln» klubi bilan shartnoma imzolagan edi.