Real Madrid telekanali Betis bilan o'yin oldidan hakam Ernandes Ernandesni tanqid qildi
RMTV telekanali "Betis"ga qarshi o'yin oldidan bosh hakam Ernandes Ernandesni tanqid qildi va uning "Barselona"ga bo'lgan munosabatini eslatdi.
RMTV telekanali "Betis"ga qarshi o'yin oldidan bugungi bahsning bosh hakami Ernandes Ernandesni yana bir bor tanqid ostiga oldi.
"Madrid" klub televideniyesi orqali hakamning 1994-yilda bergan intervyusi eslatib o'tildi. O'sha intervyuda u "Barselona"ni o'zining sevimli klubi deb atagan edi.