OKMK 0:1 Qizilqum: Mehmonlar so'nggi daqiqalarda g'alaba qozondi
Superliga 28-turida OKMK o'z maydonida "Qizilqum"ga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Farhod Rahmatov topildi.
Superliga 28-turidan o'rin olgan OKMK hamda "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi bahs mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona gol 90+1-daqiqada Roman Papariga tomonidan kiritildi (0:1).
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, OKMK – "Qizilqum" (0:1) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi — Farhod Rahmatov ⭐️