Rodri transferi atrofidagi bahslar: ekspertlar nima demoqda?
Rodrining transferi nega amalga oshmadi? Madrid klubi atrofidagi vaziyat va ekspertlarning fikrlari bilan tanishing.
Fernando Morientes (Madridning sobiq hujumchisi):
Madridning Rodrini qo'lga kirita olmagani haqidagi xabarlar menga ahmoqona hazildek tuyuldi. Demak, Madrid uni o'z safiga qo'shib olishni unchalik ham istamagan. Chunki klub bunday bitimlarni odatda xotirjamlik bilan yakunlaydi.
📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti):
Rodrining agenti Madrid unga yaxshi taklif qilganini aytdi. Ammo nimgadir u klub Siti'ga yaxshi taklif qilganmi yoki yo'q, buni aytmayapti. Javob esa yo'q. Chunki Madrid bir necha million tejashga urindi. Oxir-oqibat, ular masalani shunchalik cho'zib yuborishdiki, Barselona paydo bo'ldi va Rodri o'z qarorini kataloniyaliklar foydasiga o'zgartirdi. Madrid unga qiziqmaganmi? Ha, albatta (kinoya). Aynan shuning uchun klub u bilan shaxsiy shartnomani kelishib olgan edi. Hammasi oddiy: Madrid bu hikoyada qurbonga aylandi, chunki ular tavakkal qilib, bir necha million tejash ilinjida transferni yakunlashni cho'zib yuborishdi.
📰 Ronsero (AS gazetasi direktor o'rinbosari):
Rodri Barselona safiga o'tish uchun Madridga rad javobini berdi. Uning oldida eng yaxshi klub eshiklari ochilgandi, ammo u yonidan o'tib ketishni ma'qul ko'rdi. Vaqt o'tib, u qanday xatoga yo'l qo'yganini o'zi ham tushunib yetadi.
📺 Naranho (Telemadrid jurnalisti):
Vinisius bilan shartnomani uzaytirish va Diomande transferi — juda yaxshi yangiliklar. Ammo madridistlar eng ko'p aynan Rodrini kutishgandi. Agar u ommaviy axborot vositalarida tilga olingan narxga [50–60 million yevro] Barselonaga o'tib ketsa, buni tushunib bo'lmaydi.
📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti):
Madridning muammosi Rodrini qo'ldan chiqarganida emas. Muammo shundaki, jamoada ikki mavsumdan beri o'yinni chuqurlikdan tashkil eta oladigan yarim himoyachi yo'q. Kroos ketganidan keyin tarkibda bunday profildagi futbolchi qolmadi. Aynan shu narsa yozgi transfer oynasida klubning asosiy maqsadi bo'lishi kerak edi.