Hansi Flik Rafinyaning yangi pozitsiyasi va shartnomasi haqida
Hansi Flik Rafinyaning yangi pozitsiyasi va uning shartnoma uzaytirishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Hansi Flik Rafinya haqida:
Qaror qabul qilishda Rafinyani hujumchi pozitsiyasida ishlatishni men tanladim. Biz bu haqda u bilan oldindan gaplashib olgan edik.
Biz uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz va u uchun xursandmiz. U to'p bilan ham, to'psiz ham ajoyib harakat qiladi.
Rafinya shartnomani uzaytirganidan baxtliman. Bu klub qabul qilishi mumkin bo'lgan eng yaxshi qaror.
U eng yaxshi sardor, bundayini faqat orzu qilish mumkin.