Henrik Falkener: "Keynga qarshi o'ynash Xolandga qarshi o'ynashdan ko'ra osonroq"
«Viking» futbolchisi Henrik Falkener Harri Keyn va Erling Xolandga qarshi o'yin uslublari haqida fikr bildirdi.
✨🎤 Henrik Falkener («Viking») ertangi Harri Keynga qarshi qarama-qarshilik haqida:
«Harri Keyn - juda yaxshi o'yinchi, lekin barchamiz insonmiz. O'zimizni shunga sozlashimiz kerakki, u o'z pozitsiyasidagi eng yaxshilardan biri bo'lishiga qaramay, oddiy hujumchi. Biz videolarni ko'rib chiqdik va nimani kutish kerakligini, u ayniqsa nimada kuchli ekanligini hamda unga qarshi o'ynaganda nimadan qochishimiz kerakligini bilamiz»
❓ Kimga qarshi o'ynash qiyinroq - Keynmi yoki Xoland?
✨🎤 Falkener:
«Bular har xil turdagi o'yinchilar. Xoland jismonan nihoyatda baquvvat, tezkor va kuchli. Keyn esa texnikaliroq. U chuqurroq harakat qiladi va o'yinda faolroq ishtirok etadi. Shu bilan birga, u darvoza oldida juda xavfli. Shaxsan men uchun Keynga qarshi o'ynash Xolandga qarshi o'ynashdan ko'ra osonroq bo'lardi, deb hisoblayman. Xoland maksimal tezlikni yoqsa, uni quvib yetib bo'lmaydi»