«Bude Glimt» darvozaboni Nikita Xaykin «Vayking» futbolchilarining «Bavariya»ga qarshi o'yindagi xatti-harakatlarini keskin tanqid qildi.
Nikita Xaykin, «Bude Glimt» darvozaboni, «Vayking» futbolchilarining «Bavariya»ga qarshi xatti-harakatlarini tanqid qildi:
«Avvalo, ochko olish — bu ta'sirli. Ular dunyoning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'ynashdi, mening nazarimda. Ammo menimcha, biz birinchi navbatda sportchi ekanligimizni yodda tutishimiz kerak, to'g'rimi? Bizni ko'plab yoshlar kuzatib borishadi va kecha men uchun nomaqbul bo'lgan ko'plab vaziyatlar yuz berdi. Biz bir-birimizni hurmat qilishimiz kerak; biz hurmat ko'rsatishimiz kerak. Men buni qo'llab-quvvatlamayman»
❓ «Bavariya»ga qarshi natijaga erishish uchun siz ham xuddi shunday qilmagan bo'larmidingiz?
✨🎤 Xaykin:
«Yo'q. Men uchun bu nomaqbul. Ha, o'yin 3:3 hisobida yakunlandi, bir ochko — ularni tabriklayman. Ammo bu g'alaba emas, shunchaki bir ochko edi. Biz buni ham yodda tutishimiz kerak»
"Viking" bosh murabbiyi Bjarte Lunde Oshaym "Bavariya"ga qarshi bo'lajak o'yin klub tarixidagi eng muhim bahs ekanligini ta'kidladi.
"Viking" bosh murabbiyi Bjarte Lunde Oshaym ertangi "Bavariya"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi:
"O'z tarixida "Viking" "Barselona" (1992-yil) va "Chelsi" (2002-yil) kabi jamoalarga qarshi katta o'yinlar o'tkazgan, ammo men ertangi bahs klubimiz tarixidagi eng muhim o'yin bo'lishiga chin dildan ishonaman. "Bavariya" - nihoyatda kuchli jamoa. Biz bu chaqiriqni mamnuniyat bilan qabul qilib, raqibga qarshi yagona jamoa sifatida kurashmoqchimiz. Bu juda murakkab vazifa, lekin futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin"
Bolgariyalik hakam Georgi Kabakov Chempionlar ligasi doirasidagi «Viking» – «Bavariya» o'yinini boshqaradi.
Bolgariyalik hakam Georgi Kabakov Chempionlar ligasi doirasidagi Stavangerning «Viking» hamda «Bavariya» jamoalari o'rtasidagi seshanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinga bosh hakam etib tayinlandi.
UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi «Viking» va «Bavariya» o'rtasidagi uchrashuvda bosh hakam vazifasini Georgiy Kabakov bajaradi.
✔️ UEFA rasman ma'lum qilishicha, seshanba kuni bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi doirasidagi «Viking» va «Bavariya» o'rtasidagi bahsni bosh hakam Georgiy Kabakov boshqarib boradi.
«Viking» futbolchisi Zlatko o'yindan so'ng «Bavariya» kiyinish xonasiga kirishga nima uchun jur'at eta olmaganini tushuntirdi.
✨🎤 «Viking»ning bir nechta futbolchilari o'yindan so'ng futbolka so'rash uchun «Bavariya» kiyinish xonasiga kirishdi, ammo Zlatko u yerga borishga jur'at eta olmaganini aytadi:
«Menga «Bavariya»dagi deyarli barcha futbolchilardan «tushdi». Shu bois ularning kiyinish xonasiga kirib, futbolka so'rashga botina olmadim»
Vensan Kompani Maykl Olisening qizil kartochkasi va jamoaning so'nggi o'yinlardagi xatolari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
💭⚽️ Kompani Maykl Olise olgan qizil kartochka haqida:
«U xatoga yo'l qo'yganini biladi. U bo'lib o'tgan voqeadan afsusda ekanligi va jamoani uyaltirib qo'yganidan pushaymonligi ko'rinib turibdi. Bu mutlaqo normal holat — bunday narsalar sodir bo'lib turadi. Bugun final yoki yarim final emasdi, lekin aynan shunday lahzalar mavsum uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Men unga raqib uni aldab o'tganini aytdim. Raqibingizdan ancha ustun bo'lganingizda, ba'zida shunchaki o'z o'yiningizni o'ynashingiz va keraksiz vaziyatlarga aralashib qolmay, eng yaxshi jamoa bo'lishga e'tibor qaratishingiz kerak. Endi buni o'zgartirib bo'lmaydi. Umid qilamanki, biz bunga saboq olgan lahza sifatida qaray olamiz».
Maykl — raqiblar doimo provokatsiya qiladigan o'yinchi, ammo bu oqlash uchun sabab emas. Bu 100% uning aybi. U buni o'zi ham biladi. Individual qarorlar qabul qilganingizda, g'alabaga loyiqman deb ayta olmaysiz, garchi mening nazarimda, biz yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsak ham. Biz g'alabaga loyiq emasdik, chunki bo'lmasligi kerak bo'lgan xatolarga yo'l qo'ydik.
«Murabbiy sifatida siz har doim javobgarsiz. Men ham o'yinchilarim tomonidan yo'l qo'yilgan individual xatolar uchun javobgarlikni o'z zimmamga olaman».
Ushbu ikki o'yinda [«Augsburg» va «Viking»], energiya yaxshi edi, futbolimiz tezkor bo'ldi, biz juda ko'p vaziyatlar yaratdik.
Ammo muammo biz o'tkazib yuborayotgan vaziyatlarda — men uchun bu g'alabaga loyiq ekanligingizni aytish uchun yetarli emas. Biz maydonda reaksiya ko'rsatishimiz kerak va bu eng muhimi.
«Viking» futbolchisi Henrik Falkener Harri Keyn va Erling Xolandga qarshi o'yin uslublari haqida fikr bildirdi.
✨🎤 Henrik Falkener («Viking») ertangi Harri Keynga qarshi qarama-qarshilik haqida:
«Harri Keyn - juda yaxshi o'yinchi, lekin barchamiz insonmiz. O'zimizni shunga sozlashimiz kerakki, u o'z pozitsiyasidagi eng yaxshilardan biri bo'lishiga qaramay, oddiy hujumchi. Biz videolarni ko'rib chiqdik va nimani kutish kerakligini, u ayniqsa nimada kuchli ekanligini hamda unga qarshi o'ynaganda nimadan qochishimiz kerakligini bilamiz»
❓ Kimga qarshi o'ynash qiyinroq - Keynmi yoki Xoland?
✨🎤 Falkener:
«Bular har xil turdagi o'yinchilar. Xoland jismonan nihoyatda baquvvat, tezkor va kuchli. Keyn esa texnikaliroq. U chuqurroq harakat qiladi va o'yinda faolroq ishtirok etadi. Shu bilan birga, u darvoza oldida juda xavfli. Shaxsan men uchun Keynga qarshi o'ynash Xolandga qarshi o'ynashdan ko'ra osonroq bo'lardi, deb hisoblayman. Xoland maksimal tezlikni yoqsa, uni quvib yetib bo'lmaydi»
Vensan Kompani «Viking»ga qarshi o'yin oldidan rejani o'zgartirdi. «Bavariya» sun'iy maydonga moslashish uchun Norvegiyaga ertaroq jo'nab ketadi.
🚨 Odatda Chempionlar ligasi doirasidagi safar o'yinlari oldidan «Bavariya» so'nggi mashg'ulotni «Zebenershtrasse»da o'tkazib, tushdan keyin yo'lga chiqardi.
⚠️ Biroq Vensan Kompani seshanba kuni «Viking»ga qarshi o'yin uchun istisno qiladi. Jamoa dushanba kuni ertalab Norvegiyaga jo'nab ketadi va soat 18:00 da raqib stadionida so'nggi mashg'ulotni o'tkazadi.
👀 Buning sababi shundaki, «Bavariya» sun'iy qoplamali maydonda o'ynaydi va o'z futbolchilariga odatiy bo'lmagan maydonga moslashish imkonini berish uchun shunday qaror qabul qilingan.