Neftchi mashg'ulotlarga qaytdi: Jamshid Iskanderov safda
Neftchi Superliganing navbatdagi turiga tayyorgarlikni boshladi. Jamshid Iskanderov mashg'ulotlarga qaytdi, Vladimir Yovovich va Ibrohim Halil Yo'ldoshev esa tiklanmoqda.
SUPERLIGANING NAVBATDAGI TURIGA TAYYORGARLIK BOSHLANDI!
Jamoamiz bugundan Superliganing navbatdagi tur uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi.
Yaxshi yangilik — jarohati sabab safdan chiqqan Jamshid Iskanderov bugungi mashg‘ulotlarda jamoa bilan birga shug‘ullandi.
Vladimir Yovovich va Ibrohim Halil Yo‘ldoshev esa ayni paytda reabilitolog nazorati ostida individual mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda.
Tayyorgarlik davom etadi.