Jan-Matteo Baoyi transferi bo'yicha tushunmovchilik yuzaga keldi
Jan-Matteo Baoyi transferi bo'yicha «Ayntraxt» va «Lids» ma'lumotlarida tafovut bor. Adam Poup bitim shartlarini ochiqladi.
Jan-Matteo Baoyi transferi bilan bog'liq kichik tushunmovchiliklar yuzaga keldi.
«Ayntraxt» o'z e'lonida bu majburiy sotib olish sharti bilan amalga oshirilgan ijara ekanligini ma'lum qilgan bo'lsa, «Lids» sotib olish opsiyasi haqida yozdi.
BBC muxbiri Adam Poup bitim shartlariga oydinlik kiritdi. Fransiyalik vinger shartnomasida ma'lum miqdordagi o'yinlardan so'ng faollashadigan majburiy sotib olish bandi ko'rsatilgan.