Tomas Tuxel Koul Palmerning Angliya terma jamoasiga chaqirilishi hamda Levi Kolvill va Jarred Brantueyt haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Tomas Tuxel Koul Palmerning Angliya terma jamoasiga chaqirilishi haqida:
U yana o'z ko'rsatkichlarini namoyish etmoqda. Yana golli uzatmalar bermoqda. Yana hal qiluvchi gollarni urmoqda. Aynan shu sababli u tarkibga kirdi va o'ylaymanki, u o'zini ko'rsatib qo'yishi kerak.
Levi Kolvill haqida:
O'ylaymanki, u [chaqiruvga] juda yaqin. Menda Levi o'z jamoasiga va bizga nimalar bera olishi, shuningdek, uning kuchli tomonlari haqida juda aniq tasavvur bor.
Men Jarredga imkoniyat bermoqchi edim. U bizda uni chaqirish imkoniyati bo'lgan vaqtlarda bir necha bor jarohat olgandi.