Liverpul Kamara transferi bo'yicha o'z rejasini ma'lum qildi
Jeykobsning so'zlariga ko'ra, Liverpul Kamara transferi bo'yicha Monako va futbolchiga yanvar oyidagi rejalarini ma'lum qilgan.
Muhim jihat: Jeykobs shuni ta'kidlaydiki, Liverpul Monako va Chelsi o'rtasidagi muzokaralarga aralashmagan, bitimning barbod bo'lishiga qizillar umuman aloqador emas.
Liverpul yozda Kamara bo'yicha bitimni ilgari surmadi, bunga Mak Allister yozda klubda qolgani sabab bo'lgan ko'rinadi. Shu bois qizillar, yana Jeykobsning so'zlariga ko'ra, Monako va Kamaraning o'ziga shunchaki senegallik futbolchining transferi amalga oshmasa, Liverpul yanvar oyida o'z harakatini boshlashi mumkinligini ma'lum qilgan.
Bu rostmi yoki yo'q, buni, shekilli, to'rt oydan keyin bilib olamiz.