Jeymi Vardi Martin Edegorni «qo'g'irchoqboz» deb atadi
Jeymi Vardi Martin Edegorning o'yin uslubiga yuqori baho berdi va uni «qo'g'irchoqboz» deb atadi.
Jeymi Vardi Martin Edegorni «qo'g'irchoqboz» deb atadi:
«U ajoyib futbolchi. U xuddi qo'g'irchoqbozga o'xshaydi, shunday emasmi? Iplarni tortadi, qolganlarning o'yinini boshqaradi va paslar uzatadi.
Bunday futbolchi bilan birga o'ynash aqlbovar qilmas bo'lardi. U doimo hujumchiga hal qiluvchi pas berish imkoniyatini qidiradi. Hatto uning qisqa teginishlari va to'p bilan qilgan harakatlari raqiblarga muammo tug'diradi».