Roberto De Zerbi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligiga qiziqish bildirgan
The Telegraph xabariga ko'ra, Ruben Amorim ketganidan so'ng Roberto De Zerbi «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi uchun nomzod bo'lgan.
🗣️ Jeyson Bert, The Telegraph:
«Ruben Amorim iste'foga chiqarilgandan so'ng, Roberto De Zerbi «Manchester Yunayted»da bosh murabbiy sifatida ishlashga qiziqish bildirgan.
Klubning yuqori lavozimli vakillaridan biri italiyalik mutaxassis nomzodini faol ravishda ilgari surgan».