Bruno Gimaraes: "Jilberto Silva kabi "Arsenal" tarixida qolishni istayman"
Bruno Gimaraes "Arsenal" afsonasi Jilberto Silva haqida gapirdi va klub tarixida o'z o'rniga ega bo'lishni istashini ta'kidladi.
Bruno Gimaraes "Arsenal"da to'p surgan braziliyalik futbolchilar haqida fikr bildirdi:
Albatta, Jilberto Silva! Men uni futbolchi sifatida juda hurmat qilaman. U bilan suhbatlashish imkoniga ham ega bo'lganman. Umid qilamanki, uning izidan borib, "Arsenal" tarixida klubning eng yaxshi o'yinchilaridan biri sifatida o'z nomimni qoldira olaman.