Jordi Kardero: Entoni Gordon Barselonaga moslashib ketdi
Jurnalist Jordi Kardero Entoni Gordonning «Barselona»dagi o'yini va jamoaga tez moslashgani haqida fikr bildirdi.
🗣️ Jordi Kardero:
Entoni Gordon «Barselona»ga deyarli darhol mukammal moslashib ketadigan transferlardan biri bo'lishi mumkin.
Dastlabki besh daqiqada «Elche» darvozasiga ikkita golli uzatma, doimiy hujumkorlik va yuqori intensivlik — u jamoada o'zini allaqachon erkin his qilmoqda.
Agar bu faqat boshlanishi bo'lsa, «Barselona» hujum chizig'ini jiddiy kuchaytirib oldi.