Mikel Arteta dunyoning eng ko'p maosh oluvchi murabbiyiga aylandi
Kike Marin ma'lumotiga ko'ra, Mikel Artetaning maoshi yiliga 20 million funtga yetdi va u dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylandi.
Kike Marin xabariga ko'ra:
— Arsenal va Chelsi Seska borasida "birinchi kecha huquqi"ga ega.
— Rikelme jamoasi uning Realdagi saylovoldi kampaniyasi doirasida Arteta atrofidagilar bilan bog'lanib, uning pozitsiyasi va Madrid klubini boshqarishga tayyorligini aniqlashga uringan. Biroq, Arsenal bilan amaldagi shartnoma murabbiy tomonidan keyingi qadamlar tashlanishiga to'sqinlik qildi.
— Artetaning maoshi yiliga 20 million funtga yetdi. Avvalroq Diyego Simeone Atletikoda shuncha maosh olgan, biroq keyinchalik maoshini 20–30 foizga kamaytirishga rozi bo'lgan. Shu tariqa, xabarda ta'kidlanishicha, Mikel Arteta dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiyga aylandi. Arsenal buni hech kim uni o'z safiga qo'shib ololmasligi va bu taklifni ortda qoldira olmasligi uchun amalga oshirdi.