Luis Llopis «Real Madrid»ni tark etdi
AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» darvozabonlar murabbiyi Luis Llopis klubni tark etdi. Mutaxassis 2021-yildan buyon jamoada ishlab kelayotgan edi.
📰 AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» darvozabonlar murabbiyi Luis Llopis klubni tark etdi.
Ma'lumot uchun, 61 yoshli mutaxassis «qaymoqranglilar» asosiy jamoasi darvozabonlari bilan 2016-yildan 2018-yilgacha ishlagan. 2021-yil yozida Llopis «Real Madrid»ga qaytgan va shu yozda Joze Mourinyu tayinlanguniga qadar darvozabonlar murabbiyi lavozimida faoliyat yuritgan.