Ispaniya Oliy sport kengashi Tebasning bayonotini o'rganib chiqmoqda
Ispaniya Oliy sport kengashi Tebasning «Real» televideniyesini natsistlar tashviqoti bilan solishtirgan so'zlari yuzasidan sudga murojaat qilishi mumkin.
La Sexta xabariga ko'ra, Ispaniya Oliy sport kengashi Sport ma'muriy sudiga murojaat qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bunga Tebasning «Real» klubi televideniyesini natsistlar tashviqoti bilan solishtirgan bayonotlari sabab bo'lgan. 💦
2023-yilda ushbu sudga qilingan murojaat ayollar o'rtasidagi jahon chempionati finalidagi mojarodan so'ng Luis Rubialesning chetlatilishiga olib kelgan edi.
Hozirda masalani Oliy sport kengashining yuridik bo'limi o'rganmoqda. Agar murojaat ma'qullansa, Tebasga nisbatan mumkin bo'lgan sanksiyalar bo'yicha yakuniy qarorni Sport ma'muriy sudi qabul qiladi.