O'zbekiston ayollar terma jamoasi Marokashga yo'l oladi
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Marokashga yo'l oladi. Safar oldidan bosh murabbiy Kotrina Kulbite va sardor Lyudmila Karachik ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
OAV vakillari diqqatiga!
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 19-noyabr kuni 2027-yil Braziliyada bo'lib o'tadigan FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralash bahslarida ishtirok etish uchun Marokashga jo'nab ketadi.
Marokashga safar oldidan, 18-noyabr kuni soat 11:00 da O'FA majlislar zalida O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kotrina Kulbite hamda terma jamoa sardori Lyudmila Karachik ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
18-Noyabr | 11:00
O'FA majlislar zali