Napoli Gruziyalik futbolchi Georgiy Kvernadzeni kuzatmoqda
Tuttosport nashri xabariga ko'ra, «Napoli» skautlari «Frozinone» hujumchisi Georgiy Kvernadzeni kuzatishmoqda.
Neapolliklar gruziyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Tuttosport nashri xabariga ko'ra, «Napoli» skauti o'tgan turda «Frozinone» - «Komo» o'yinida bo'lib, «chochari»ning yigirma uch yoshli chap qanot hujumchisi Georgiy Kvernadzening o'yinini kuzatgan.
Kvernadzening agenti Mamuka Jugeli hisoblanadi. Aynan Jugeli Xvicha Kvaratsxeliyaning manfaatlarini himoya qilgan.