Juventus va Milan o'rtasidagi o'yinni Mauritsio Mariani boshqarib boradi
A Seriya doirasidagi Juventus — Milan uchrashuvini Mauritsio Mariani boshqarib boradi. Jamoalarning o'zaro to'qnashuvlari va hakam statistikasi haqida.
🚨 Juventus — Milan uchrashuviga hakam tayinlandi.
Yakshanba kuni mavsumning ilk katta o'yini bo'lib o'tadi va uni Mauritsio Mariani boshqarib boradi 👀
👨⚖️ Bosh hakam — Mariani
🔴 VAR — Fabbri
✅ Milan Marianining boshqaruvidagi o'yinlarda: 13 g'alaba, 6 durang, 8 mag'lubiyat
Va bu yerda qiziqarli tarix bor 👇
2023-yilda Mariani Milanning Juventus ustidan qozongan 1:0 hisobidagi g'alabasini boshqargan edi — yagona golni Olivye Jiru kiritgan.
Va bu hozirgacha Milanning Juventus darvozasiga kiritgan so'nggi goli 😳
Milan yakshanba kuni bu seriyani buzib o'ta olarmikin? 🔥