Monako Kamaraga o'rinbosar topdi
Monako Kamaraga o'rinbosar topdi va futbolchi klubni tark etishi aniq bo'ldi. Uning xizmatlariga Chelsi, Liverpul va Kristal Pelas da'vogarlik qilmoqda.
Monako allaqachon Kamaraga o'rinbosar topdi — u klubdan aniq ketadi. Endi faqat qayerga o'tishini bilish qoldi.
Fransiya matbuoti xabariga ko'ra, u uchun kurashga Chelsi va Liverpuldan tashqari yana Kristal Pelas qo'shildi. Qolaversa, ayni damda Chelsi ham, Pelas ham futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun ko'proq imkoniyatga ega.