Neftchi futbolchilari Vladimir Yovovich, Nurmuhammad Abdug‘aniyev va Muxsinjon Ubaydullayevlar jamoa mashg‘ulotlari oldidan taqdirlandilar va tabriklandilar.
Jamoamiz navbatdagi uchrashuvga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. Bugun kechki mashg‘ulotlar oldidan "Neftchi"-"So‘g‘diyona" bahsining eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan Vladimir Yovovichga "Muxlislar mehri" sovrini tantanali ravishda topshirildi.
Shu bilan birga yaqinda tavallud ayyomini nishonlagan yosh himoyachimiz Nurmuhammad Abdug‘aniyev hamda kecha o‘g‘il farzand ko‘rgan tajribali himoyachimiz Muxsinjon Ubaydullayevlar ham jamoadoshlari tomonidan jonli koridor orqali tantanali ravishda olqishlandilar.