Jamoamiz 16-avgust kuni Qarshida "Nasaf" bilan o'tadigan o'yinga tayyorgarlikni boshladi. Bugundan yangi futbolchimiz Murtazo Puraliganji ham mashg'ulotga qo'shildi.
Jamoamiz 16-avgust kuni Qarshida "Nasaf" bilan o'tadigan o'yinga tayyorgarlikni boshladi. Bugundan yangi futbolchimiz Murtazo Puraliganji ham mashg'ulotga qo'shildi.
Eronlik himoyachi Murtazo Puraliganji «Paxtakor» safiga kelib qo'shildi. Tomonlar yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzolashdi.
Eronlik tajribali himoyachi jamoamiz bilan yil oxirigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
34 yoshli himoyachi faoliyati davomida Eronning «Naft» va «Persepolis», Xitoyning «Tianjin» va «Shenzhen», Qatarining «Sadd» va «Arabi», Belgiyaning «Eupen» klublarida o'ynagan. Klublar safida 300ga yaqin o'yinlarda maydonga tushgan. Eron terma jamoasi safida 54 bahsda 3 gol muallifiga aylangan. U 2018 va 2022-yilgi jahon chempionati final bosqichlarida asosiy futbolchi sifatida ishtirok etgan. U jamoamizga «Persepolis»dan erkin agent maqomida kelib qo'shildi.
Biz Puraliganji o'zining boy tajribasi va ishonchli o'yinlari bilan jamoamizga yordam berishiga ishonamiz.