Kodai Sano PSV safiga o'tishga yaqin
PSV va NEC klublari Kodai Sano transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. 22 yoshli yarim himoyachi yaqin orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.
🙂 Munir Bualin xabariga ko'ra, PSV va NEC klublari Kodai Sano transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Bu ma'lumotni Eindhovens Dagblad ham tasdiqlamoqda.
Niderlandiya amaldagi chempioni 22 yoshli yarim himoyachi uchun qancha to'lashi hozircha noma'lum.
Futbolchi yaqin vaqt ichida tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.