Dik Sxreder «Yuventus»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Dik Sxreder «Yuventus»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng:
Biz ochiqchasiga yetarlicha yaxshi emasmiz va yevrokuboklardagi chiqishimiz boshlanishidan oldin buni kutmagandim.
1:0 hisobidagi o'sha vaziyat... Barcha hurmat bilan aytaman, men bu to'pni boshim bilan qaytargan bo'lardim. Axir qayerga uchayotganini ko'rib turibsan-ku.
Dik Sxreder 2025/26-yilgi Eredivizi mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va Rinus Mixels nomidagi mukofot sohibiga aylandi.
🌟 Dik Sxreder 2025/26-yilgi Eredivizi mavsumining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va Rinus Mixels nomidagi mukofot sohibiga aylandi.
NEK bosh murabbiyi tarixiy mavsumdan so'ng, Peter Bosh va Entoni Korreyani ortda qoldirdi. U boshqarayotgan Neymegen klubi chempionatda uchinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasi saralash bosqichiga yo'llanma oldi.
Dik Sxreder qizil kartochkadan keyin o'yin rejasi buzilganini va jamoa foydali tajriba orttirganini ta'kidladi.
Dik Sxreder:
"Chetlatishdan keyin rejamizni axlatga tashlashimiz kerak edi. Biz baribir qiyin bo'lishini bilar edik. Bunday darajadagi jamoaga o'n kishi bo'lib ikkita gol urish - juda og'ir."
"Vaziyatni yuz bergan voqealarni hisobga olgan holda baholayapman. Biz ularga to'pni juda osonlik bilan topshirib qo'ydik."
"Linssen, Sheri va Tadich to'p oldida tezroq paydo bo'lishlari mumkin edi. Neyashmich markazdan chiqib ketdi, garchi u o'z o'yinchisini qo'riqlashi kerak edi. Men faqat o'sha qo'l bilan bog'liq epizoddan tashqari yana ko'plab muammolarni ko'ryapman. Hammasi shunday yakunlanganidan afsusdaman."
"Bu tezlashtirilgan ta'lim kursi. Agar ushbu ikki o'yin va "Olimpiakos"ga qarshi bahslarga nazar tashlasak, biz juda foydali tajriba orttirdik. O'yinning o'zi bo'ladimi yoki uning atrofidagi tashkiliy ishlar - bularning barchasidan kelajakda foydalanishimiz mumkin."
Dik Sxreder PSVga o'tish arafasida turgan Kodai Sano o'yinni rad etgani uchun uni mehmonxonadan ketkazib yuborganini ma'lum qildi.
Dik Sxreder "Olimpiakos"ga qarshi o'yinda Kodai Sanoning tarkibdan joy olmagani haqida batafsil to'xtaldi.
Bosh murabbiy yaponiyalik yarim himoyachining o'ynashdan bosh tortganidan juda norozi bo'ldi. Sano PSVga o'tish arafasida turibdi va aynan shu sababli bahsda ishtirok etmadi:
"Agar futbolchi o'yin kuni shunday iltimos bilan kelsa, bu hech kimni xursand qilmaydi. Futbolchi senga 'yo'q' desa, har doim og'ir bo'ladi. Bir tomondan, bu uning uchun qanchalik muhimligini tushunasan, boshqa tomondan esa: 'Mayli... Men hech bo'lmasa yana ikkita o'yinda maydonga tushishingni kutgandim', deb o'ylaysan. Ayniqsa, ichki kelishuv nima haqida bo'lganini bilsang."
"Soat o'n yarimlarda u guruh bilan oldimga keldi. O'sha yerda u o'ynay olmasligini tushuntirdi. Shundan so'ng, men undan mehmonxonani tark etishini so'radim, chunki barcha o'yinchilarning diqqat-e'tibori faqat shu bahsga qaratilishini istayman."