Jeremi Doku jarohat oldi va mavsum startini o'tkazib yuboradi
«Man Siti» vingeri Jeremi Doku jarohat sababli Premyer-liganing yangi mavsum startini o'tkazib yuboradi. Bu haqda Nieuwsblad nashri xabar bermoqda.
📰 Nieuwsblad xabariga ko'ra, Jeremi Doku Angliya Superkubogi doirasidagi «Arsenal»ga qarshi o'yinda boldir mushagidan jarohat oldi. Shu sababli vinger «Man Siti»ning Premyer-ligadagi yangi mavsum ilk turida «Bornmut»ga qarshi kechadigan bahsni o'tkazib yuboradi.
• Vinger safdan «bir necha haftaga» chiqishi mumkin. «Man Siti»dagilar bu jarohat tasodifiy emas, balki futbolchining Jahon chempionatidan keyin to'liq tiklana olmagani va jismoniy holatidagi muammolar natijasi ekanligidan xavotirda.