Manchester United yangi stadion loyihasi uchun me'morlarni tanladi
Manchester United yangi stadion loyihasi uchun Foster + Partners kompaniyasini me'mor etib tayinladi. Stadion sig'imi 100 ming o'ringa mo'ljallanadi.
🗞️ Mail Sport xabariga ko'ra, Foster + Partners kompaniyasi Manchester United'ning qiymati 2 milliard funt sterlingga teng bo'lgan yangi stadion loyihasi uchun rasman me'mor etib tayinlandi.
Manchester United'ning kichik aksiyadori ser Jim Retkliffning yaqin do'sti lord Norman Foster milliarder Ineos uchun 100 000 o'rinli «Shimoliy Uembli»ni barpo etish rejalarida yetakchilik qilmoqda.