Lids darvozabon qidirmoqda, Perri esa ijara asosida ketadi
Lids darvozabonlar ro'yxatini tuzdi, Lukas Perri esa ijara asosida Torinoga o'tishi kutilmoqda.
Zinni Bosuell (Sky Sports) xabariga ko'ra:
Lids Jeyms Traffordga o'rinbosar sifatida ko'rib chiqilayotgan 5 nafar darvozabon ro'yxatini tuzib chiqdi. Ulardan biri Argentina klubi San-Lorenso vakili Orlando Xil hisoblanadi.
Lukas Perri masalasiga kelsak, u kichik jarohatidan forig' bo'lishi bilan ijara asosida Torino safiga o'tadi.